
«Bavariya» «Borussiya Dortmund»ni mag‘lub etib, Germaniya Superkubogiga ega chiqdi
«Bavariya» yangi mavsum oldidan Germaniya Superkubogi uchun kechgan bahsda prinsipial raqibi «Borussiya Dortmund» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Signal Iduna Park»da o‘tgan o‘yinda Maykl Olise myunxenliklar muvaffaqiyatiga yetakchilik qildi.





