
«Superklasiko» xotiralari: «Boka Xuniors» va «River Pleyt» derbisi nimalari bilan mashhur?
Argentinaning bosh derbisi sanalgan «Boka Xuniors» va «River Pleyt» qarama-qarshiligi dunyo futbolidagi eng murosasiz va ehtirosli bahslardan biri hisoblanadi. U o'zining yorqin muxlislik madaniyati, jo'shqin atmosferasi va shiddatli tarixi bilan xalqaro e'tirofga sazovor bo'lgan.













