Xitoyda sensatsiya: «Dalyan Inbo» 12 ochkolik farqni yo'qqa chiqarib chempion bo'ldi

Oxirgi yangilangan: 8-noyabr, 2026, 15:53 · Asl xabar e’lon qilingan sana: 8-noyabr, 2026
Xitoy Superligasining joriy mavsumi kutilmagan va dramatik yakun topdi. Chempionatning so'nggi turida Li Guozu boshqaruvidagi «Dalyan Inbo» klubi «Tyantszin Tayger» ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonib, oltin medallarga ega chiqdi.
Uzoq vaqt turnir jadvalida yetakchilik qilib kelgan Jon Aloizi boshchiligidagi «Chendu Rongcheng» klubi esa hal qiluvchi pallada barchasini boy berdi. Oxirgi turda «Shandun Tayshan» jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan Chendu klubi chempionlik poygasidagi o'rnidan ayrildi. Qayd etish joizki, «Chendu» chempionatning oxirgi 5 ta uchrashuvida bor-yo'g'i bitta ochko jamg'arib, mavsumning so'nggi 4 ta o'yinida ketma-ket mag'lubiyatga uchradi.
Bir vaqtlar Chendu klubidan 12 ochko ortda qolayotgan «Dalyan Inbo» esa mavsum yakunida ajoyib seriya namoyish etdi. Li Guozu shogirdlari qatorasiga 5 ta g'alabaga erishib, aqlbovar qilmas kambek evaziga mamlakat chempionligini tantana qilishdi.
12 ochkolik ulkan ustunlikni boy bergan «Chendu» chempionat yakunida sensatsion ravishda sovrinsiz qoldi, ketma-ket g'alabalarga erishgan «Dalyan Inbo» esa tarixiy kambek bilan chempionlikka erishdi.
Ushbu xabarga munosabatingiz:
Ovoz berish uchun bosing📰 O'xshash xabarlar
Barchasi →«Aberdin» jamoasi bosh murabbiy Stiven Robinsonni iste'foga chiqardi
9-noyabr
Jahon futboli"Kettering Taun" irqchilik muammosidan endi ko'z yumib bo'lmasligini tan oldi
9-noyabr
Jahon futboliFridel guruhi «Shrusberi Taun» klubini sotib olish jarayonini yakunladi
9-noyabr
Jahon futboliNiderlandiyada kutilmagan holat: Muxlislar avtobusni to'sib, o'yinni qoldirdi
9-noyabr