
Google va XREAL Android XR va Gemini bilan ishlaydigan AURA ko'zoynaklarini taqdim etdi
Google va XREAL kompaniyalari Android XR operatsion tizimi bilan ishlaydigan ilk simli aqlli ko'zoynak — XREAL AURA'ni rasman e'lon qildi. Qurilma og'irligi 95 grammdan kam bo'lib, uning asosiy hisoblash qismi Qualcomm Snapdragon Reality Elite chipiga ega maxsus portativ modulda joylashgan. Ko'zoynak 70 darajali ko'rish maydoniga ega shaffof linzalar orqali virtual ekranlar yaratadi va foydalanuvchiga atrof-muhitni ko'rib turish imkonini beradi. Tizimga o'rnatilgan Gemini sun'iy intellekti ekrandagi va real hayotdagi obyektlarni tushunib, foydalanuvchiga topshiriqlarni bajarishda ko'maklashadi. Yangi qurilma AQSh, Kanada va Janubiy Koreyada 1099 dollar narxda sotuvga chiqdi.