
Angliya kubogi: «Oldham» qo‘shimcha bo‘limlarda «Sheffild Uensdey»ni mag‘lub etdi
Angliya kubogi bahsida «Oldham Atletik» o‘z maydoni — «Boundari Park»da «Sheffild Uensdey»ni qo‘shimcha bo‘limlarda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 110-daqiqada Uill Satton tomonidan kiritilgan to‘p mezbonlarga sensatsion g‘alaba taqdim etdi. Bu bellashuv Deyv Challinorning «boyqushlar» bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy o‘yini edi va u mag‘lubiyat bilan yakunlandi.





















