
Apple sun'iy intellekt orqali daromadni oshirish strategiyasini ma'lum qildi
Apple kompaniyasining navbatdagi moliyaviy hisobot yig'ilishida sun'iy intellekt mavzusi rekord darajada, ya'ni 45 marta tilga olindi. Kompaniya raqobatchilari kabi yirik infratuzilma xarajatlariga milliardlab dollar sarflamasdan ham AI bumidan daromad olish yo'lini tanlamoqda. Apple'ning o'tgan chorakdagi kapital xarajatlari atigi 2,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu Amazon va Alphabet ko'rsatkichlaridan ancha kam. Kompaniya daromadni qurilmalar savdosi, App Store komissiyalari hamda serverga tayanuvchi ilg'or AI funksiyalari uchun bo'lajak obunalar orqali oshirishni rejalashtirmoqda.
