
Apple o'z muhandislari uchun sun'iy intellektdan foydalanish byudjetini qisqartirmoqda
Bloomberg xabariga ko'ra, Apple kompaniyasi muhandislik jamoalarining sun'iy intellektdan ichki foydalanish uchun ajratilgan kunlik xarajatlarini qisqartirmoqda. Oktyabr oyida muhandislar uchun belgilangan kunlik limit 300 dollardan 200 dollarga tushirilgan bo'lsa, kelgusida bu miqdor 100 dollargacha kamaytirilishi kutilmoqda. Muhandislikdan tashqari boshqa bo'limlar uchun esa kunlik limit 25 dollargacha pasaytirilishi ko'rib chiqilmoqda. Ushbu qadam sun'iy intellekt infratuzilmasi xarajatlari va uning amaliy samaradorligi o'rtasidagi nomutanosiblik sababli yirik kompaniyalarda AI xarajatlarini tejash tendentsiyasi kuchayib borayotganini ko'rsatadi.

