Google Gemini ilovasida to'g'ridan-to'g'ri hujjat, PDF va jadvallarni tahrirlash imkoniyati paydo bo'ldi
Google kompaniyasi Gemini ilovasida hujjatlar, PDF, taqdimotlar, jadvallar va dasturiy kodlar bilan ishlash uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Endilikda foydalanuvchilar to'g'ridan-to'g'ri chat ichida ushbu fayllarni yaratishi, ko'rib chiqishi va tahrirlashi mumkin. Shuningdek, to'liq ekran rejimiga o'tib, matnlarni qo'lda o'zgartirish yoki kerakli qismini belgilab, Gemini'ga tahrirlash bo'yicha qo'shimcha topshiriq berish imkoni yaratildi. PDF fayllarni ko'rish va tahrirlash ham veb, ham mobil versiyada, boshqa formatlar esa hozircha faqat vebda mavjud. Yangi imkoniyatlar Gemini qo'llab-quvvatlaydigan barcha tillarda barcha foydalanuvchilarga taqdim etildi.