
Greg Brokman: OpenAI 2027-yilda IPO o'tkazishga tayyor bo'lishi mumkin
OpenAI hammuassisi va prezidenti Greg Brokman kompaniya 2027-yilda birlamchi ommaviy aksiyalar savdosi (IPO) uchun tayyor bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, korporativ segmentdan tushayotgan daromadning keskin oshishi kompaniyaning moliyaviy holatini sezilarli darajada mustahkamlagan. Ilgari jami daromadning 30 foizini tashkil qilgan korporativ tushumlar endilikda asosiy ulushga aylangan. Uchinchi chorakda yillik hisoblangan daromad 70 foizga o'sgan va J.P. Morgan Chase kabi yirik mijozlar bilan yangi shartnomalar imzolangan.
