
Janni Infantino va FIFA AQShdagi siyosiy o'zgarishlar fonida bosim ostida qolishi mumkin
Britaniyaning The Guardian nashri sharhlovchisi Barni Roney FIFA rahbari Janni Infantinoning AQShdagi siyosiy jarayonlar bilan bog'liq xavfli holatiga e'tibor qaratdi. Maqolada futbol tashkiloti va siyosiy elita o'rtasidagi yaqin munosabatlar tashkilot nufuziga ta'sir qilishi mumkinligi tahlil qilingan. AQShdagi siyosiy vaziyatning o'zgarishi Infantino uchun kutilmagan bosimlarni yuzaga keltirishi aytilmoqda.

