Google kod yozmasdan o'yin yaratish imkonini beruvchi Playground platformasini taqdim etdi
Google kompaniyasi matnli buyruqlar (prompt) orqali to'liq moslashtirilgan o'yinlar yaratish, o'ynash va ulashish imkonini beruvchi tajribaviy Playground platformasini taqdim etdi. Yangi platforma orqali foydalanuvchilar kod yozish tajribasisiz qahramonlar, fizik qonuniyatlar va butun boshli o'yin muhitini bevosita brauzerda shakllantirishlari mumkin. Tayyor bo'lgan o'yinlarni do'stlar bilan ulashish, umumiy galereyada e'lon qilish va yetakchilar jadvalida raqobatlashish imkoniyati mavjud. Shuningdek, ilg'or 3D mexanika va grafikaga ega o'yinlar uchun platforma tez orada Unity Spark bilan integratsiya qilinadi. Xizmat hozircha AQShdagi Google AI obunachilari uchun ishga tushirilmoqda.