
Braziliyadagi yoshlar bahsida jahon rekordi: 51 kishi maydondan chetlatildi
Braziliyaning 20 yoshgacha bo'lgan jamoalari o'rtasidagi bahsda qizil kartochkalar soni bo'yicha jahon rekordi qayd etildi. «Uberlandiya» va «Mamore» klublari o'rtasidagi o'yinda hakam jami 51 kishini maydondan chetlatdi. Jazolanganlarning 43 nafari futbolchi, 8 nafari esa klublar xodimlaridir.

