
"Harts" vingeri Kelvin Miller tizzasidan jarohat olib, 2 oyga safdan chiqdi
"Harts" vingeri Kelvin Miller tizzasidan olgan jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini o'tkazadi va taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi. Futbolchi Shotlandiya Liga kubogi yarimfinalida "Xibernian"ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohatlangan edi.

