
Ukraina dron zarbalari oqibatida Rossiya ma'lumotlar markazlarini yer ostiga ko'chirishni rejalashtirmoqda
Ukrainaning dron hujumlari Rossiyadagi sun'iy intellekt superkompyuterlari va bulutli infratuzilmalarga zarar yetkazgach, rus texnologiya kompaniyalari ma'lumotlar markazlarini yer ostiga joylashtirish rejalarini ishlab chiqmoqda. Zarbalar oqibatida Yandex, Sberbank va VKontakte kabi yirik kompaniyalar infratuzilmasi shikastlanib, millionlab foydalanuvchilar uchun xizmatlar uzilib qolgan. Shu munosabat bilan, Rossiya hukumati operatorlardan hisoblash quvvatlarining 10 foizini favqulodda davlat ehtiyojlari uchun ajratishni talab qiluvchi farmon chiqardi. Shuningdek, ilgari qat'iy cheklovlarga uchragan xorijiy data-markazlardan foydalanishga ham maxsus ruxsat berilishi mumkinligi ma'lum bo'ldi. Ukrainaning markazlashmagan va Amazon hamda Microsoft kabi gigantlar yordamida Yevropa bulutlariga ko'chirilgan tizimi esa ancha chidamli bo'lib chiqdi.
