
AQSh chegarasidagi AI asosidagi "virtual devor"da jiddiy kamchiliklar aniqlandi
MIT Technology Review va Times of San Diego nashrlari AQSh-Meksika chegarasidagi sun'iy intellekt bilan jihozlangan kuzatuv minoralari bo'yicha surishtiruv natijalarini e'lon qildi. Tahlillarga ko'ra, sun'iy intellekt algoritmlari odamlarni aniqlay olmagan, minoralar nosoz bo'lgan yoki berilgan ogohlantirishlarga xodimlar javob bermagan holatlar oqibatida ushbu hududlarda 1 050 dan ortiq migrant halok bo'lgan. Hukumat Anduril kabi kompaniyalar texnologiyasiga tayanib, 2034-yilgacha tizimni kengaytirish uchun 1 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Mutaxassislar ushbu nosozliklarni bartaraf etish uchun zudlik bilan to'liq audit o'tkazish va aniqlash ko'rsatkichlarini hisobga olish tizimini joriy qilishni taklif qilmoqda.
