
Shaxter Chempionlar ligasi o'yinlarini "Chelsi" stadionida o'tkazmoqchi
Ukrainaning "Shaxter" Donetsk klubi Chempionlar ligasi o'yinlarini Angliyadagi "Chelsi" klubining "Stamford Bridge" stadionida o'tkazish istagini bildirdi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli klub o'z uy uchrashuvlarini Ukrainada o'tkazish imkoniyatiga ega emas. Bu masala hozirda muhokama qilinmoqda va "Shaxter"ning UEFA bilan muzokaralari davom etmoqda.


















