
Xulian Alvares «Atletiko»ning «Atletik»ka qarshi o‘yin qaydnomasiga qaytadi
Madridning «Atletiko» klubi ustozi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvares La Liga doirasidagi «Atletik Klub»ga qarshi uchrashuvda tarkibga qaytishini tasdiqladi. Futbolchining klubdan ketishga bo'lgan urinishi samarasiz yakunlanganiga qaramay, u maydonga tushishga tayyor.

















