
Vensan Kompani Jamal Musialaning maydonga qaytishini shoshiltirmoqchi emas
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Jamal Musialaning tiklanish jarayoni haqida ma'lumot berdi. Murabbiy germaniyalik yulduzning tez orada safga qaytishi mumkinligini aytdi, biroq u to'liq tayyor bo'lmaguncha ortiqcha bosim o'tkazilmasligini ma'lum qildi.


















