
«Lans» so'nggi daqiqalarda «Slaviya»ni mag'lub etib, irodali g'alabaga erishdi
Fransiyaning «Lans» klubi «Fortuna Arena»da Praganing «Slaviya» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Bahs davomida ikki bor hisobda ortda qolgan mehmonlar hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Bir kishi kam bo'lib to'p surgan maydon egalari dramatik tarzda mag'lubiyatga uchradi.








