
16 yoshli Kavan Sallivan Freddi Aduning MLS'dagi rekordini yangiladi
"Filadelfiya Yunion" klubining 16 yoshli iqtidori Kavan Sallivan MLS doirasida ketma-ket uchinchi o'yinda to'p kiritdi. Yosh futbolchi ushbu natijasi bilan bir paytlar Amerika futbolining eng yorqin iqtidori sanalgan Freddi Aduning ligadagi rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.



