
Ian Rayt: Martinelli «Arsenal» tomonidan ko'proq hurmatga loyiq
«Arsenal» afsonasi Ian Rayt vinger Gabriel Martinellining jamoadagi holatiga munosabat bildirdi. Uning ta'kidlashicha, braziliyalik futbolchi klub tomonidan ko'proq hurmatga loyiq. Shuningdek, sobiq hujumchi «to'pchilar»ning Martinellining ehtimoliy transferi borasidagi harakatlarini savol ostiga oldi.

