
APLda burchak to'plari paytidagi tartibsizliklarga chek qo'yiladi
Angliya Premyer-ligasida burchak to'plari paytida yuzaga keladigan tartibsizliklar va qo'polliklarga barham berish bo'yicha yangi reja ishlab chiqildi. O'tgan mavsumda jarima maydonchasi ichida futbolchilarning bir-birini ushlab qolishi va itarishi ommaviy tus olgan edi. Liga mutasaddilari vaziyatni o'nglash uchun yangi qat'iy choralar qo'llashga tayyorlanmoqda.


















