
Pochettino AQSH terma jamoasidagi yosh iqtidorlar borasida ehtiyotkor bo'lishga chaqirdi
AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mamlakatdagi yosh futbolchilarning salohiyatidan mamnun ekanini bildirdi. Shu bilan birga, mutaxassis Kovan Sallivan va Julian Xoll atrofidagi shov-shuvlarga to'xtalib, ular bilan ishlashda ehtiyotkorlik zarurligini ta'kidladi.

















