
Dyuranning ajoyib goli «Seltik»ka «Aberdin» ustidan yirik g'alaba keltirdi
Shotlandiya chempionatining navbatdagi turida «Seltik» o'z maydonida «Aberdin» ustidan 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Uchrashuvda kolumbiyalik hujumchi Kamilo Dyuran yana bir chiroyli gol muallifiga aylandi. Boshqa bir bahsda esa «Reyndjers» safarda «Folkirk»ni 2:1 hisobida yengdi.


