
FIFA vitse-prezidenti Shandor Chani Janni Infantinoga qarshi chiqdi
FIFA vitse-prezidenti va Vengriya futbol federatsiyasi rahbari Shandor Chani tashkilot prezidenti Janni Infantinoga bo'lgan ishonchini butunlay yo'qotganini e'lon qildi. U tashkilot rahbarining kasbiy va axloqiy mezonlarini keskin tanqid ostiga oldi. Chani FIFA bosh operatsion direktori Kevin Lamurning kutilmaganda ishdan bo'shatilishini sabr kosasini to'ldirgan so'nggi omil deb atadi.















