
Lamin Yamal «Barselona» safida 50 ta gol marrasini zabt etdi
«Barselona» vingeri Lamin Yamal klub miqyosidagi gollari sonini 50 taga yetkazdi. Ispaniyalik iqtidor bu natijaga 19 yosh-u 49 kunligida erishdi. Mazkur ko'rsatkich zamonaviy futbolning Messi, Ronaldu, Mbappe va Holand kabi yulduzlari bilan qiyoslanmoqda.


















