
Kilian Mbappe o'zini diktator qilib ko'rsatgan memlarni keskin qoraladi
Fransiyalik yulduz hujumchi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda uni diktator sifatida tasvirlagan ommaviy memlarga munosabat bildirdi. Futbolchining fikricha, bu kabi tendensiyalar odamlarda siyosiy va insoniy ong yetarli emasligidan dalolat beradi.

