
Sheffild Yunayted raisi 35 million funtlik qarz sabab faoliyatdan chetlatilishi mumkin
Sheffild Yunayted klubi raisi Stiven Rozen Angliya futbol ligasi (EFL) tomonidan boshqaruvchilik vakolatidan mahrum etilishi xavfi ostida qoldi. Bunga klubni sotib olishda foydalanilgan kompaniyaning London Oliy sudi qarori bilan tugatilishi sabab bo'lgan. Sobiq xo'jayin Shahzoda Abdullaning United World tashkiloti 2024-yildagi bitimdan 35 million funt to'lanmaganini da'vo qilmoqda.


















