
"Barselona" beshta transfer uchun 84 million yevro qarzini to'ladi
"Barselona" o'tmishda amalga oshirilgan beshta transfer bo'yicha qarzlarini yopdi. Kataloniya klubi ushbu majburiyatlar doirasida 84 million yevro to'lov qildi. Qayd etilishicha, mazkur transferlar qatoridagi ayrim yulduz futbolchilar allaqachon jamoadan ketishga ham ulgurgan.

