
Arsenal tarkibni kuchaytirish uchun 20 dan ortiq nomzoddan iborat ro'yxat tuzdi
Londonning «Arsenal» klubi tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida 20 dan ortiq futbolchidan iborat kengaytirilgan transfer ro'yxatini shakllantirdi. BBC Sport jurnalisti Sami Mokbel «kanonirlar»ning yozgi transfer rejalari va strategiyasi bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni taqdim etdi.



