
Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi Janni Infantinoni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi
Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi FIFA amaldagi prezidenti Janni Infantinoga bo'lgan ishonchini yo'qotganini ma'lum qildi. Tashkilot navbatdagi saylovda uning nomzodiga ovoz bermaydi. Bu haqda Shotlandiya FA bosh ijrochi direktori Yan Maksvell ma'lum qildi.









