
«Shaxtyor Donetsk» YeChL uy o'yinlarini «Stemford Brij»da o'tkazish niyatida
Ukrainaning «Shaxtyor Donetsk» klubi joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasi uy uchrashuvlarini Londonning «Chelsi» klubiga tegishli «Stemford Brij» stadionida o'tkazishni maqsad qilgan. Bu haqda ESPN manbalari xabar bermoqda. Hozircha bu boradagi yakuniy qaror va rasmiy tafsilotlar ochiqlanmagan.


