
"MYU" Karlos Baleba uchun "Brayton"ga 65 million funtlik taklif yubordi
"Manchester Yunayted" klubi "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Balebani sotib olish uchun 60 million funt va qo'shimcha 5 million funt bonusdan iborat rasmiy taklif kiritdi. 22 yoshli kamerunlik futbolchi "qizil iblislar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to'liq kelishib olgan. Biroq mankunianliklarning dastlabki taklifi "chag'alaylar" belgilagan narxdan biroz pastroq bo'lib turibdi.


















