
Vinsent Kompani Jamal Musialaning nima sababdan hushidan ketganiga oydinlik kiritdi
Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vinsent Kompani Jamal Musialaning salomatligidagi muammoga izoh berdi. Murabbiyning aytishicha, futbolchi qabul qilayotgan dori-darmondagi kichik o'zgarish uning to'rt kun ichida ikki marta hushidan ketishiga sabab bo'lgan.











