
Arteta, Alonso va Iraolani katta futbolga yetkazgan San-Sebastyan klubi
San-Sebastyandagi «Antiguoko» nomli havaskor jamoa bugungi kunda Yevropa futbolida yuqori natijalarga erishayotgan Mikel Arteta, Xabi Alonso va Andoni Iraolaga futbol saboqlarini bergan maskan hisoblanadi. Ushbu mutaxassislar o'z faoliyatining ilk davrini Berio tepaliklaridagi maydonda o'tkazishgan.


















