
Xavyer Tebas FIFA prezidenti Janni Infantinoni iste'foga chaqirdi
La Liga prezidenti Xavyer Tebas FIFA rahbarini keskin tanqid ostiga oldi. Uning fikricha, Janni Infantino futbol sanoatini izdan chiqarmoqda. Tebas, ayniqsa, Jahon chempionati formatining 64 jamoagacha kengaytirilishiga qarshi chiqdi. Yakunda u Infantinoni egallab turgan lavozimini tark etishga chaqirdi.



