
Koventri Brighton posboni Karl Rashvortni sotib oldi
Angliya chempionshipi vakili Koventri Siti, Brighton klubidan 25 yoshli darvozabon Karl Rashvortni doimiy transfer asosida sotib olganini tasdiqladi. Futbolchi o'tgan mavsumda ijara asosida aynan shu klubda o'ynagandi. Bu transfer Koventri Siti jamoasining posbonlar chizig'ini kuchaytiradi.





