
Claude bank hisoblarini tahlil qiluvchi yangi Personal Finance vositasini taqdim etdi
Anthropic kompaniyasi Claude chatboti uchun foydalanuvchilar xarajatlarini tahlil qilishga mo'ljallangan yangi "Personal Finance" vositasini e'lon qildi. Foydalanuvchilar Plaid xizmati orqali bank va kredit karta hisoblarini ulab, mablag'lari bo'yicha batafsil hisobotlarni olishlari mumkin. Tizim faqat o'qish (read-only) rejimida ishlaydi, ya'ni u pul o'tkazish yoki boshqarish imkoniyatiga ega emas. Ushbu funksiya xarajatlarni toifalarga ajratadi, takroriy yoki kutilmagan to'lovlarni aniqlaydi. Yangi vosita ayni paytda AQShdagi pullik tarif egalari uchun beta-versiyada taqdim etilmoqda.
