
AQSh xorijiy sanoat robotlari importini milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp xorijda ishlab chiqarilgan sanoat robotlari va ularning butlovchi qismlari importini milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi. Ushbu qaror doirasida savdo hamkorlari bilan 180 kun ichida yangi kelishuvlarga erishish bo'yicha muzokaralar o'tkazish topshirildi. Agar kelishuvga erishilmasa, chet el robotlariga yangi bojlar, kvotalar va qo'shimcha to'lovlar joriy etilishi mumkin. Bu qadam General Motors, Tesla, Ford va Boeing kabi xorijiy texnologiyalarga tayanuvchi yirik korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini oshirishi kutilmoqda. Hozirda AQShning o'zida yirik sanoat robotlarini yetarli miqdorda ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalar mavjud emas.

