
Nvidia bosh direktori Jensen Huang xitoylik josus bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda
Nvidia bosh ijrochi direktori Jensen Huang atrofida jiddiy xavfsizlik mojarosi kelib chiqdi. Ommaviy axborot vositalari xabariga ko'ra, u Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligiga aloqadorlikda gumon qilingan sobiq telejurnalist Elis Huang bilan yaqin munosabatda bo'lgan. Elis Huang 4,8 milliard dollarlik taqiqlangan Nvidia chiplarini xarid qilgan Megaspeed kompaniyasi rahbari hisoblanadi. Jensen Huang xodimlariga maktub yo'llab xiyonat qilganini tan olgan, Nvidia esa ichki tekshiruv boshlagan.


