
Axiom Math sun'iy intellekt xatolarini oldini olish uchun insoniyatning eng yirik matematik manbasini raqamlashtirdi
Bahosi 1,6 milliard dollarga baholangan Axiom Math startapi insoniyat tarixidagi eng yirik matematik to'plamlardan biri bo'lgan Stacks Project loyihasini to'liq rasmiy tekshiruvdan (formal verification) o'tkazdi. Kompaniyaning AI agentlari 7 654 sahifalik murakkab matematik matnni 16 million qatorli Lean kodiga aylantirib chiqdi. Bu yutuq matematikada sun'iy intellekt tomonidan yaratiladigan xatoliklar va qalbaki ma'lumotlar (AI slop) tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Loyiha nafaqat sof fanda, balki kelajakda dasturiy ta'minot xavfsizligini ta'minlashda ham muhim poydevor vazifasini bajaradi.
