
Trajectory startapi sun'iy intellektni texnik bo'lmagan mutaxassislar yordamida o'qitish uchun 45 million dollar jalb qildi
Google DeepMind va Apple sobiq mutaxassislari tomonidan asos solingan Trajectory startapi Sequoia yetakchiligidagi A seriya investitsiya raundida 45 million dollar jalb qildi va bahosi 300 million dollarga yetdi. Loyihada Nvidia, Bessemer hamda Bain Capital ham ishtirok etdi. Kompaniya yuridik, moliya va tibbiyot sohasidagi texnik bo'lmagan mutaxassislarga ochiq kodli AI modellarini qimmat muhandislarsiz doimiy o'qitish (continual learning) imkoniyatini beruvchi platformani ommaga taqdim etdi. Ayni paytda platformadan Harvey, Rogo, Decagon va Nvidia kabi kompaniyalar foydalanmoqda.

