
MLS pley-off tizimini tubdan o'zgartirmoqchi: 20 ta jamoa va yangi format
AQSHning Major League Soccer chempionati 2028-yildan boshlab pley-off bosqichi tizimini tubdan yangilashni rejalashtirmoqda. Yangi formatga ko'ra, hal qiluvchi bosqichda 20 tagacha klub ishtirok etishi va ikki marta mag'lubiyatdan so'ng chiqib ketish (double-elimination) tizimi joriy etilishi mumkin. Shuningdek, liga an'anaviy konferensiyalar o'rniga beshta divizionga bo'linadi.


















