
Anthropic biolaboratoriyasi Claude yordamida Crispr'ga o'xshash yangi ferment tizimini kashf etdi
Anthropic kompaniyasi o'zining Claude sun'iy intellekti Crispr gen tahrirlash vositasiga o'xshash yangi ferment tizimini mustaqil ravishda kashf etganini e'lon qildi. Ushbu natijaga erishish uchun 950 ga yaqin Claude agenti 21 soat davomida 210 million tokenni qayta ishlab, ulkan DNK ketma-ketliklari bazasini tahlil qilgan. Kompaniya olimlarining vazifasi faqat dastlabki so'rovni berish va laboratoriyada natijani tekshirish bilan cheklangan. Hozircha kashfiyotning amaliy ahamiyati to'liq aniq emas, ammo bu Anthropic'ning yangi ochilgan biolaboratoriyasidagi birinchi yirik natijadir.
