
Anthropic Claude orqali mavjud video o'yinlarning klonlarini yaratishni cheklamoqda
Anthropic kompaniyasi Claude Code tizimiga mavjud video o'yinlarning to'g'ridan-to'g'ri nusxalari va klonlarini yaratishni taqiqlovchi cheklov kiritdi. Tom's Hardware xabariga ko'ra, sun'iy intellekt tizimi mualliflik huquqini buzmaslik maqsadida muayyan nomdagi o'yinlarni qayta tiklashdan tiyiladi. Shunday bo'lsa-da, foydalanuvchilar o'zlarining original g'oyalari, yangi janrdagi loyihalari va shaxsiy resurslari asosida o'yin yaratishda Claude xizmatidan bemalol foydalanishlari mumkin. Kompaniya vakili Eddi Usmoniy (Addy Osmani) ushbu yangilanish intellektual mulk qoidalariga rioya qilish uchun kiritilganini tasdiqladi.





