
Shotlandiyada kattalarning tajovuzkorligi sababli bolalar futboli to'xtatildi
Shotlandiyada 5-6 yoshli 750 nafar bola ishtirokidagi «Fun 4s» dasturi doirasidagi bahslar kattalarning nojo'ya xatti-harakatlari tufayli bekor qilindi. Mavsumning birinchi haftasidayoq 72 ta qizil kartochka ko'rsatilgan. Mutaxassislar ommaviy bolalar futbolida intizom va xavfsizlik borasida jiddiy choralar ko'rish zarurligini ta'kidlamoqda.


















