
Palo Alto Networks AI agentlari xavfsizligiga ixtisoslashgan Clutch startapini 500 million dollarga sotib olmoqchi
Palo Alto Networks kiberxavfsizlik giganti AI agentlarining korporativ tizimlarga kirishini himoyalovchi Clutch Security startapini 500 million dollarga sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Kelishuv naqd to'lov va qo'shimcha bosqichli rag'batlantirishlarni o'z ichiga oladi. Uch yillik tarixga ega Clutch startapining yillik takrorlanuvchi daromadi (ARR) 10 million dollarga yaqinlashgan bo'lib, taklif etilgan narx uning daromadidan 50 baravar yuqoridir. Agar bitim yakunlansa, bu Palo Alto Networks kompaniyasining joriy yildagi yettinchi yirik xaridiga aylanadi.

















